Maxfiylik siyosati
UyMakon24 (uymakon24.uz) foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini hurmat qiladi. Bu sahifada qaysi ma’lumotlarni yig‘ishimiz va ulardan qanday foydalanishimiz yozilgan.
Qanday ma’lumot yig‘iladi
Ariza shakli orqali siz yuborgan ism, telefon raqam, mulk turi, manzil va izoh. Shuningdek, suiiste’mollarning oldini olish uchun so‘rov yuborilgan IP manzil saqlanadi.
Ma’lumot nima uchun ishlatiladi
Faqat siz bilan bog‘lanish, e’loningizni joylashtirish yoki sizga mos mulk haqida xabar berish uchun. Ma’lumotlar uchinchi shaxslarga sotilmaydi va berilmaydi.
Ma’lumotni o‘chirish
Arizangizni o‘chirishni xohlasangiz, biz bilan bog‘laning.